Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya o‘z hududidan 60 nafar amerikalik diplomatni chiqarib yuboradi
Rossiya AQSh elchixonasining 58 xodimini va Yekaterinburgdagi konsulligining 2 xodimini non grata shaxslari deb e'lon qildi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi saytida ma'lum qilingan.
Ular 5 aprelgacha Rossiyani tark etishlari kerak.
Bundan tashqari, Moskva Sankt-Peterburgda AQShning bosh konsulligini ochishga va uning faoliyat yuritishiga ruxsatni qaytarib olgan. AQSh tomoni ularga taqdim qilingan binoni ikki kun ichida bo‘shatib berishi kerak.
Shuningdek, AQSh elchisi Jon Xantsmandan Rossiya davlat aktivlarining AQShda hibsga olinishi mumkinligi haqidagi so‘zlariga izoh berish so‘ralgan.
“AQSh tomoni bunday tahdidning amalga oshirilishi munosabatlarimiz yanada tubanlashishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirilgan. Bu esa global barqarorlik uchun og‘ir oqibatlarga aylanishi mumkin”, deyilgan tashqi ishlar vazirligida.
26 mart kuni AQSh Britaniya foydasiga josuslik qilgan sobiq rossiyalik razvedkachi Sergey Skripal va uning qizining zaharlanishi bilan bog‘liq holda 60 nafar rossiyalik diplomatni non grata shaxslari deb e'lon qilgan va Rossiyaning Sietldagi bosh konsulligini yopishga qaror qilgan.
Mavzuga oid
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
08:45 / 24.06.2026