Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekenergo» nima sababdan elektr energiyasi narxi oshirilayotganini izohladi
O‘zbekistonda joriy yilning 1 aprelidan e'tiboran kommunal xizmatlar, xususan, elektr energiyasi tariflari ham oshmoqda. Bu esa fuqarolar, keng jamoatchilik tomonidan qizg‘in muhokama etilyapti. “Xalq so‘zi” muxbiri ko‘pchilikni qiziqtirayotgan masala, ya'ni energiya narxining ko‘tarilishi sabablariga oydinlik kiritish maqsadida “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati Iqtisodiyot va prognozlash boshqarmasi boshlig‘i Abdihamid Jo‘rayevga murojaat qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 90 foizidan ortig‘i issiqlik elektr stansiyalari ulushiga to‘g‘ri keladi. Ushbu sub'yektlarda elektr toki hosil qilish uchun katta miqdorda gaz, mazut, ko‘mir va boshqa turdagi yoqilg‘i mahsulotlari sarflanadi. Ushbu yoqilg‘i mahsulotlari narxining o‘zgarishi, o‘z navbatida, ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi tarifiga ham ta'sir ko‘rsatadi.
Shuningdek, u ta'riflarni guruhlash haqida ham aytib o‘tdi.
“Shu davrga qadar amal qilib kelgan elektr energiyasi tarif guruhlari 10 tani tashkil etib, ulardan amaliyotda foydalanishda qiyinchilikka duch kelinayotgan edi. Bugungi kunda murakkab tuzilgan guruhlashdan voz kechilib, soddalashtirilgan tartibga o‘tilayotir. Natijada 2018 yildan e'tiboran elektr energiyasi tarif guruhlari soni 4 taga qisqartirildi”, - deydi A.Jo‘rayev.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yil iyul oyidan boshlab shu kungacha aholiga yetkazib berilayotgan 1 kVt.s elektr energiyasi 204,3 so‘m edi. Ushbu narx shu yil 1 apreldan 228,6 so‘m etib belgilandi. Elektr plitalari bilan jihozlangan turar-joylarda yashovchi aholi uchun esa elektr energiyasi narxi 1 kVt.s uchun 102,15 so‘mdan 114,3 so‘mga oshadi.
Mavzuga oid
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
13:18 / 15.05.2026
1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
12:57 / 07.04.2026