«Jamoatçilik nazorati töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonuniga köra, fuqarolarning öz özini boşqariş organlari, nodavlat notijorat taşkilotlar va ommaviy axborot vositalari hamda Özbekiston Respublikasi fuqarolari jamiyat manfaatlari buzilganligi faktlari aniqlangan taqdirda uşbu materiallarni huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuboriş huquqiga ega.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XIV yalpi majlisida senatorlar yoqlab ovoz bergan «Jamoatçilik nazorati töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonuniga şu mazmundagi moddalar kiritilgan.
Qonunda yozilişiça, jamoatçilik nazorati sub'yektlari tadbirlari ötkaziş yuzasidan taşabbus körsatiş, şuningdek, ularda iştirok etiş huquqiga ega. Bundan taşqari, ular jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş doirasida zarur axborot oliş uçun davlat organlariga sörovlar yuboriş; jamoatçilik nazoratining natijalariga köra takliflar va tavsiyalar tayyorlaşi mumkin.
Davlat organlarining qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor şaxslarining xatti-harakatlari ustidan böysunuv qiliş va jamoatçilik nazorati natijalarini ham e'lon qiliş sub'yektlar huquqlari sirasiga kiradi.
Biroq, Özbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslan Davletovning ta'kidlaşiça, jamoatçilik nazorati natijasida tegişli davlat organi, taşkilot yoxud idoralarga kiritilgan taqdimnomalarga munosabat bildirmagani uçun qonunda javobgarlik belgilanmagan.
«Avvaliga jamoatçilik nazorati mexanizmi bizning jamiyatda qay darajada işlaşini kuzatamiz. Zaruriyat paydo bölişi bilan qonunçilikka qöşimçalar kiritib, javobgarlik masalasi ham paydo böladi», deydi vazir.











