Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Muvofiqlikni baholaş organlarini akkreditatsiya qiliş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Qaror muvofiqlikni baholaş organlarini akkreditatsiya qiliş tizimini yanada takomillaştiriş, eksportga yönaltirilgan va raqobatbardoş tovarlar, işlar (xizmatlar)ni işlab çiqariş uçun şaroitlar yaratiş, mamlakat iste'mol bozorini sifatsiz mahsulotlardan himoya qiliş maqsadida qabul qilingan hamda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi, Taşqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining:
- Özbekiston Standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş agentligi huzuridagi «Özbekiston muvofiqlikni baholaş organlarini akkreditatsiya qiliş markazi» Davlat korxonasi negizida Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi qoşida Akkreditatsiya markazini taşkil etiş;
- Özbekiston Standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş agentligining muvofiqlikni baholaş organlarini akkreditatsiya qiliş va inspeksiya nazorati böyiça vazifalarini, sinov va kalibrlaş laboratoriyalarini, şuningdek, ilgari berilgan akkreditatsiya guvohnomalari töğrisidagi markazlaştirilgan ma'lumotlar bazasi va materiallarni Akkreditatsiya markaziga ötkaziş haqidagi takliflari ma'qullangan.
Akkreditatsiya markazining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:
- muvofiqlikni baholaş organlarini akkreditatsiya qiliş sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşiriş;
- muvofiqlikni baholaş organlarini xalqaro standartlarga köra akkreditatsiya qiliş, şuningdek, muvofiqlikni baholaş böyiça akkreditatsiya qilingan organlar va metrologiya xizmatlarining belgilangan şartlar va talablarni bajarişi ustidan inspeksiya nazoratini amalga oşiriş;
- xalqaro va milliy akkreditatsiya organlari bilan faol hamkorlik qiliş, uşbu sohada xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni joriy etiş;
- muvofiqlikni baholaş organlarini akkreditatsiya qiliş sohasida milliy va xalqaro ilmiy-tadqiqot, ta'lim va boşqa muassasalar tomonidan amalga oşirilayotgan davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari va loyihalarining yagona buyurtmaçisi vazifalarini bajariş.











