Doha aeroportida Spark SRT_01E bolidi poygada iştirok etdi, u tezlik böyiça Qatar Airways aviakompaniyasining ikkita yölovçi samolyoti bilan bellaşdi. Tegişli video ABB Group korporatsiyasining Youtube-kanalida e'lon qilingan.
Gulf Times portalining yozişiça, bolidni belgiyalik poygaçi Jyerom D'Ambrozio boşqargan, u 2014 yildan beri sport musobaqalarida iştirok etib keladi. U birinçi poygada uçişga çoğlanayotgan Airbus layneri bilan, ikkinçisida esa qönayotgan Boeing 787 Dreamliner samolyoti bilan bahslaşdi.
Videodan köriş mumkinki, bolid poyga avvalida laynerga tezlikda imkoniyatni boy bermagan, biroq keyinçalik samolyotdan ortda qolgan.
Videoyozuv mualliflari samolyotning maksimal tezligini hisoblab çiqişdi hamda poyga davomida sportkar maksimal tezligi soatiga 225 kilometrni taşkil etganini aniqlaşdi. Şu bilan birga, samolyotning yerdan kötariliş pallasida şunday körsatkiç soatiga 944 kilometrni taşkil etdi.







