Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari Jizzax viloyatiga taşrifining ikkinçi kuni “Foriş” toğ-dala poligonini borib kördi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Özbekiston Respublikasi prezidenti, Qurolli Kuçlar Oliy boş qömondoni harbiy xizmatçilarning yaşaşi, jangovar öquv maşğulotlari ötkazişi uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi. Panoramali elektron öq otiş trenajyori, askarlar yotoqxonasi, maşq va saf maydonçalarini közdan keçirdi. 

Prezident Şavkat Mirziyoyev bu yerni namunaviy poligonga aylantiriş, yangi konsepsiya işlab çiqib, mamlakatdagi barça harbiy poligonlarni modernizatsiya qiliş böyiça topşiriqlar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Poligonlar harbiy xizmatçilarning amaliy könikmalarini oşiriş bilan birga ğoyaga xizmat qilişi zarur. Bu yer iftixor, ğurur, kuç, bilim maskani bölişi kerak, dedi Şavkat Mirziyoyev. 

“Foriş” poligoni maydoni tekislik, murakkab toğ va qoyalardan iborat. Bu yerda ötkazilayotgan tayyorgarlik maşğulotlari batalon taktik guruhlarning toğ va çöl hududlarida, favqulodda özgaruvçan vaziyatlarda, har qanday ob-havo şaroitida topşiriqlarni töla bajarişga örgatadi. Jangovar harakatlarni taşkillaştiriş va taktik harakatlaniş könikmalarini hosil qiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati