Bugun, 31 mart kuni Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov raisligida selektor yiğilişi ötkazildi. Yiğiliş kun tartibida “Savdo-köngiloçar va odamlar köp töplanadigan boşqa majmualarda yonğin bilan boğliq va boşqa turdagi favqulodda vaziyatlarni oldini oliş holati hamda belgilangan profilaktika tadbirlarini amalga oşiriş böyiça rahbar xodimlarning şaxsiy mas'uliyatini oşiriş haqida”gi masala körildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, tuman va şahar studiyalarida mahalliy hokimlar va ularning örinbosarlari, içki işlar, soliq idoralari, favqulodda vaziyatlar boşqarmasi, yonğin xavfsizligi va boşqa kun tartibidagi masalaga aloqador taşkilotlar vakillari iştirok etdi.
Selektor yiğilişida Boş vazir Abdulla Aripov viloyat va hududlardagi savdo köngiloçar va odamlar köp yiğiladigan boşqa majmualardagi ayni paytdagi holatni tahlil qilib, mavjud kamçiliklarni tanqid ostiga oldi. Şuningdek, kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça tegişli vazifalarni belgilab berdi. Rossiya federatsiyasining Kemerovo viloyatidagi köngiloçar majmuada sodir bölgan yonğinning oğir oqibatlaridan tegişli xulosa çiqariş zarur ekanligini ta'kidladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi Viktor Mahmudov, IIV Yonğin xavfsizligi boş boşqarmasi boşliği Sanjar Zufarov va boşqa mutasaddi taşkilotlar rahbarlari kun tartibidagi masala böyiça amalga oşirilayotgan işlar va kelgusida bajarilişi lozim bölgan vazifalarni belgilab oliş böyiça söz oldi.












