Rossiyaning Kemerovo viloyati gubernatori Aman Tuleyev öz xohişiga köra muddatdan avval lavozimini tark etişga qaror qildi.
“Kemerovo viloyati gubernatori Aman Tuleyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga öz xohişiga köra iste'foga ketiş arizasi bilan murojaat qildi”, deb ma'lum qilgan viloyat ma'muriyati matbuot xizmati.
Şu munosabat bilan Tuleyev videomurojaat bilan çiqdi. U videomurojaatida qölidan kelgan işni qilganini aytgan va “Zimnyaya vişnya” savdo markazidagi fojia munosabati bilan çuqur hamdardlik bildirgan.
Kemerovoda 25 mart kuni “Zimnyaya vişnya”da yuz bergan yonğin oqibatida 64 odam halok böldi.
"Qadrdon yurtdoşlar. Barçamiz Kemerovoda 25 mart kuni yuz bergan dahşatli fojiadan qayğudamiz. Biz yonğinda 64 kişini yöqotdik va ulardan köpçiligi bolalar. Bizning bolalar. Har birimiz barça şu hodisalarni öz yuragimizdan ötkazdik, bu dahşat, bu fojia oğriğini. Biz bilan birga butun Rossiya, butun dunyo qayğurmoqda. Hurmatli kuzbassliklar, men qölimdan kelgan barça işni qildim. Qurbonlar oilalari bilan uçraşdim, yordam beriş masalalarini hal qilişga harakat qildim. Yana bir bor çuqur hamdardligimni bildiraman. Biroq şunga qaramay yaşaşda davom etiş kerak. Yöqotganlarimizning xotirasini yodda tutiş uçun yaşaş kerak”, deb aytgan Tuleyev.
73 yoşli Tuleyev Kemerovo viloyatini 1997 yildan beri boşqarib keladi, 4 marta viloyat rahbari etib qayta saylangan. Uning navbatdagi gubernatorlik muddati 2020 yilda yakunlanişi kerak edi.
Kemerovo viloyati nizomiga köra, viloyat rahbari vazifalarini endi gubernatorning birinçi örinbosari bajaradi.









