Joriy yil Toşkent davlat yuridik universitetiga kiriş davlat imtihonlari uçun hujjatlar sinov tariqasida respublikaning barça tumanlaridagi Davlat xizmatlari markazlarida qabul qilinişi yölga qöyiladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov nutqiga tayanib Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«Joriy yil Toşkent davlat yuridik universitetida öqiş istagini bildirgan abituriyentlar özlari istiqomat qilib turgan hududdagi Davlat xizmatlari markazlari orqali OTM qabul komissiyasiga hujjatlarni topşirişi mumkin. Uşbu loyiha kölami kelgusi yilda kengaytirilişi va hamma abituriyentlar tumanidan çiqmagan tarzda özi tanlagan oliy ta'lim muassasasiga hujjat topşirişi mumkin böladi», deydi vazir Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XIV yalpi majlisida.

Ma'lumot uçun, davlat xizmatlarining har bir turi böyiça «Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi» tamoyiliga köra Davlat xizmatlari markazlari jismoniy va yuridik şaxslarga davlat xizmatlari körsatiş sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşiradi.