“O‘zbekenergo” AJda Osiyo Taraqqiyot banki tomonidan taqdim etilgan hisobot tizimini xalqaro standartlar asosida yuritishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida seminar treninglar o‘tkazish amaliyoti joriy etildi. Bu haqda jamiyat Axborot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi. 

Foto: “O‘zbekenergo” AJ Axborot xizmati

“O‘zbekenergo” AJ ning “Moliyaviy menejment va hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy qilish markazi” xodimlari uchun tashkil etilgan seminarlarda tinglovchilar:

-moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarni hisob tizimiga joriy etish;

-xalqaro standartlar doirasida belgilangan tamoyillar va ularga amal qilish;

-moliyaviy hisobotlarni transformatsion jarayonlarida yo‘l qo‘yiladigan xato- kamchiliklar va ularni yuzaga kelmasligini oldi olish muolajalari;

-moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari yordamida korxona va tashkilotlar iqtisodiy ma'lumotlarini shaffofligini oshirish kabi yo‘nalishlarda nazariy bilimlar beriladi.

Foto: “O‘zbekenergo” AJ Axborot xizmati

Tashkil etilgan ko‘p bosqichli seminar treninglarning birinchi davri joriy yilning may oyigacha davom etishi rejalashtirilgan. Unda tinglovchilar quyidagi amaliy ko‘nikmalar shakllantirilishi ko‘zda tutilmoqda:

-xalqaro standartlar doirasida shakllantirilayotgan moliyaviy hisobotlarni tezkorlik bilan tayyorlash;

-“O‘zbekenergo” AJ tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarini faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqqan holda hisob jarayonlarini xalqaro standartlarda yuritishni tashkil etish;

-Xalqaro standartlar doirasida mepping jadvallardan samarali foydalanish;

-Xalqaro standartlar bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash mobaynida ish vaqtini va vakolatlarini to‘g‘ri taqsimlash.

Foto: “O‘zbekenergo” AJ Axborot xizmati