Bangladeş mussonlar mavsumi yaqinlaşayotgani bois halokatli köçkilar va suv toşqinlari ehtimolidan xavfsirab, 100 mingdan ortiq rohingyani xavfsiz masofalarga köçirmoqda. DailySabah Bangladeş rasmiylari ma'lumotiga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
BMTda Bangladeş janubi-şarqidagi 150 ming qoçqin joylaşgan lagerlar hududi yomğirlar mavsumida kasalliklar va fojialarga favqulodda moyil ekani ta'kidlanmoqda.
Avgust oyidan beri Koksa Bazar hududini 700 ming qoçqin kesib ötgan.
Bangladeşdagi qoçqinlar işlari böyiça komissar Muhammad Abul Qalamning aytişiça, iyun oyigaça suv toşqinlari va köçkilarga eng köp moyil joylardagi 100 mingdan ziyod qoçqin boşqa joylarga köçirilgan.
"Biz 100 mingdan ortiq qoçqinni nisbatan xavfsiz hududlarga köçirib ötkazdik", - dedi u fransuz naşrlaridan biriga bergan intervyusida.
Bangladeş rohingyalarning köçişi uçun 30000 akr (14 kv km) yer ajratdi. Biroq Qalamning sözlariga köra, kuniga tört futbol maydoniga teng örmon kesib taşlanmoqda.
Manbaga köra, ötgan yili yomğirlar mavsumi natijasida bu yerda 170 kişi hayotdan köz yumgan. 2012 yilda köçki natijasida 100 dan ziyod kişi halok bölgan, ikki yil avval esa kuçli yomğir 50 kişining ölimiga sabab bölgan.








