Sent-Endryus universiteti (Buyuk Britaniya) katta ilmiy xodimi Matteo Fumagalli joriy yil 26 – 27 mart kunlari mamlakatimiz poytaxtida bölib ötgan “Tinçlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy şeriklik” mavzusida Afğoniston böyiça yuqori darajadagi Toşkent xalqaro konferensiyasini mintaqada özaro aloqalarni yölga qöyiş va hamkorlikni yangi darajaga olib çiqiş yölida taşlangan muhim qadam, deya baholadi. Bu haqda “Jahon” AA xabar bermoqda.
Şotlandiya oliy öquv yurtining vakili mazkur xalqaro konferensiyani şarhlar ekan, Afğoniston böyiça ötkazilgan uşbu tadbir Özbekistonning mintaqaviy va xalqaro rolini oşiriş, Markaziy va Janubiy Osiyodagi xavfsizlikka öz hissasini qöşiş asnosida yaqin qöşnilar bilan özaro hamkorlikni mustahkamlaş yuzasidan Özbekiston hozirgi rahbariyatining intilişlarini namoyon etişini alohida ta'kidladi.
Tinç va osoyişta Afğoniston strategik va iqtisodiy nuqtai nazardan Özbekistonning örni yanada ahamiyatli bölişiga xizmat qiladi, - dedi u. - Toşkentning barqarorlik, xavfsizlik va izçil rivojlanişni qöllab-quvvatlaş böyiça faol va taşabbuskor siyosat yuritayotgani butun mintaqa farovonligiga xizmat qiladi. Darhaqiqat, tinçlik yölidagi bunday sa'y-harakatlar davlatlararo va transçegara savdo-sotiq, transport, energetika va suv infratuzilmalarini rivojlantiriş nuqtai nazaridan uzoq kuttirmasdan özining ijobiy samaralarini beradi.
Britaniyalik ekspertning fikr bildirişiça, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş uçun lozim darajada vaqt va va sa'y-harakatlar kerak böladi. Bu ayniqsa, Afğonistonga tegişlidir. Çunki bir-biriga qarşi kuraşayotgan tomonlar örtasida yaraşuvga erişiş yuzasidan ilgari ham urinişlar bölgan, biroq ular hali öz natijalarini bergani yöq. Afğonistonda tinçlik örnatiş nuqtai nazaridan Özbekiston közlagan maqsadga erişiş uçun vaqt, doimiy e'tibor va eng muhimi, moddiy hamda insoniy resurslar talab etiladi.
- Umuman olganda, Toşkent konferensiyasi yangi taşqi siyosatning Özbekiston, uning xalqi va qöşni mamlakatlar uçun ulkan imkoniyatlar oçib berayotganini namoyon etdi, - dedi britaniyalik olim. - Mintaqada yaxşi qöşniçilik munosabatlari faollaşgani tufayli katta ğayrat va iştiyoq kuzatilmoqda.
Özini mintaqadagi özaro hamkorlikni hamda iqtisodiy va xavfsizlik bilan boğliq köpgina muammolar hal qilinişi uçun yutqiziqsiz qarorlar qidirişni ta'minlayotgan muhim mintaqaviy markaz sifatida namoyon etayotgan Özbekistonning faolligidan Markaziy Osiyo yutadi.











