Ibn Battutaning “Sayohatnoma”sida Çingizxon haqida şunday ma'lumot berilgan: “Çingiz Movarounnahrni bosib oldi, Buxoro, Samarqand, Termizni vayron qildi... Ammo keyin Buxoro va Samarqand aholisini afv etib, ularga tegmadi va Iroqqa qaytib ketdi”. Bu kitobda Çingizxon mazkur şaharlarni nima sababdan afv etgani haqida ma'lumot yöq.
Lekin bu haqda köplab tarixiy manbalarda zikr etilgan bir voqea bor: 1220 yil möğul qöşinlari Buxoroi şarifga yopirilib kiradi. Hukmdorning buyruği bilan şaharni bir boşdan buza boşlaydilar. Şu jarayonda Çingizxon Arslon minorasini yaqindan kelib tomoşa qila boşlaydi. Kutilmaganda, boşidagi tulki terisidan tikilgan qalpoği uçib ketib, oti hurkib orqaga tisariladi. Şunda “Minora ilohiy ekan, ta'zim bajo keltirmaganim uçun menga ğazab qildi”, degan fikr uning xayoliga keladi. Şundan söng Çingizxon bu muqaddas dargohni buzdirmaydi va minoraning şarofati bilan şaharning markaziy, janubiy va ğarbiy qismlari omon qoladi.
Minorai Kalon Qoraxoniylarning sönggi hukmdori bölmiş Amir Arslonxon tomonidan 1124-1127 yillarda qurdirilgan. Uning umumiy balandligi 50 metrga yaqin. Minoraga çiqiladigan zinalarning soni 104tani taşkil etadi.
Qoraxoniylar davrida masjid imomlari u yerdagi aniq quyoş soatiga qarab, şahar ahlini namozga da'vat etib turganlar.
Minora tepasining yopiq öçoğidagi olov ön metrlardan oşiq balandlikka kötarilib, gurillab yonib, keçasi çor-atrofni yoritib turgan. Buxoroi şarifga kelayotgan karvonlar adaşmay yöl topib kelgan bölsa, yaqin atrofdagi mahalla ahli sayillar uyuştirgan, bolalar esa keçalari bemalol öynab yurişgan. Masjidga namozga kelayotganlar qiş-qirovli kunlarda fonus kötarib yuriş taşvişidan qutilişgan.
Sayyohlar Minora tepasiga çiqib, gözal şahar va yam-yaşil daraxtlar bilan qurşalgan qişloq, dala-daştlarni zavq bilan tomoşa qilişgan.
Ammo 1920 yil 20 sentabr keçasi Frunze boşliq bosqinçilar Buxoroi şarifni töplardan öqqa tutib, vayron etişadi. Arslon Minorasining ham 7-8 joyini öq teşib ötadi. Bu ham yetmaganday köçalarning qor va yomğir suvlarini uning tagiga oqizib qöyadilar...
Bugungi kunda noyob yodgorlik namunasi bölmiş Minorai kalon Özbekiston javohirlaridan biri sifatida köz qoraçiğiday asrab-avaylanmoqda. U sayyohlarning diqqat markazidagi maskanlardan sanaladi.
Şu örinda aytmasak bölmaydigan bir gap: Ayrimlar bu tarixiy binoni “Ölim minorasi” deb ataydilar. Bu öta sovuq va notöğri talqindir. Çunki tarixçilarning fikriça, bu minora heç qaçon qatl uçun xizmat qilmagan. Tarixda amir yo xon biror kişini minoradan taşlab ölimga mahkum qilgan emas. Faqat bir örinda yozuvçi Sadriddin Ayniyning yozişiça, vobkentlik Fayzi Avliyo degan kişi Buxoroi şarifga kelib, mablağ topib, öz hamqişloqlariga kömak berib turgan. Hatto u bir gal Minora tepasidagi amir bayroğini ham öğirlab ketgan ekan. Amir bir neça begunoh odamlarni zindonga solgaç, Fayzi Avliyo böyin egib kelib, ularni ozod etişni söraydi. Bu mardligi uçun Amir uning gunohidan ötadi. Ammo saroy a'yonlari bunga rozi bölmaydilar. Şunda Fayzi Avliyo özining öz manfaati uçun gunohga botadigan öğrilardan emasligini aytib, özini şu minoradan taşlagan ekan.









