Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning matbuot kotibi Komil Allamjonov "Feysbuk"dagi rasmiy sahifasida çiqiş qilib, öziga kelayotgan murojaatlarga javoblarini berib ötdi.
U prezidentning navbatdagi taşriflari vodiy viloyatlariga bölişini, lekin taşrif kunlari hozirça ma'lum emasligini bildirgan.
Prezidentning matbuot kotibi davlat rahbarining qaysidir viloyatga taşrifi oldidan közböyamaçiliklar qilinişi haqidagi xabarlarga munosabat bildirgan.
Uning aytişiça, «prezident taşrifi arafasida yomon holatdagi yöllarni kosmetik ta'mirlaş» vaqtinçalik çora sifatida baholanişi kerak. Matbuot kotibi bu orqali internetda yomğir ostida yöllarni ta'mirlaş holati videosi tarqalganiga munosabat bildirdi.
«Iltimos qilardik-ki, önqir-çönqir yöllarda vaqtinçalik ta'mirlaş işlarini töğri qabul qilgan holda, asosiy e'tiborni prezidentimiz borgan manzillarda yöq joydan xalq uçun barpo etilgan korxonalar, uylar va boşqa obektlarga qaratsak, nur ustiga a'lo nur bölardi», degan u.
U, şuningdek, prezident borgan viloyatlarda yöllar yoqalarida «bir kunlik issiqxonalar» haqidagi xabarlarni «börttirilgan» deb atadi.
«Menimça, bunday materiallar börttirilgan ma'lumotlar asosida. Çunki, borgan hududlarimizda körgan issiqxonalarimiz avvaldan bor issiqxonalardir. Material prezident ötadigan yöllar yoqalarida vaqtinçalik issiqxonalar qurilgani haqida bölsa kerak. Agar rostdan öşa issiqxonalar hozir yöq bölib qolgan bölsa, buzib taşlangan bölsa, buni aniqlab, tegişli çoralar köriladi. Lekin, agar öşa issiqxonalar prezident taşrifida qurilgan bölsa ham, ozroq kutiş kerak, agar öşa issiqxonalarda nimadir ekilgan bölsa, u unib çiqişini kutiş kerak», deydi Allamjonov.
Prezident matbuot kotibi xorij naşrlarida Jizzax viloyatining Zarbdor tumanidagi töqimaçilik sexidagi vaziyat xususida tarqatilgan xabarga töxtalib ötdi.
Bunday xabarlarda Jizzaxda ham «prezident uçun şou uyuştirilgani», «kollej öquvçilari işga tuşmagan zavod işçilari rolini öynab berişgani» haqida aytilgandi.










