Eronning «Istiqlol» klubi hujumkor yarimhimoyaçisi Server Jyeparov faoliyatini Qatar çempionatida davom ettirişi mumkin. Bu haqda Futbol 24 xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga köra, «Istiqlol»da özini körsatgan 35 yoşli Özbekiston terma jamoasi sobiq sardori bir qator klublarning e'tiboriga tuşgan. Jumladan Qatarning eng maşhur jamoalaridan biri unga hozir Eronda oladigan maoşidan ança köp maoş va'da qilmoqda. Ba'zi manbalarda yozişiça, Jyeparovga xaridor bölayotgan klub «As-Sadd» yoki «Ar-Rayyan» klublari bölişi mumkin. Jyeparov moliyaviy jihatdan ança katta taklifni yozda körib çiqişini aytgan. Agar Server «As-Sadd»ga ötadigan bölsa, Xavi bilan birga töp surişi mumkin böladi.
Boşqa ma'lumotlarga köra, Jyeparovga şuningdek Eronning özidan ham xaridor bor. Birinçi navbatda Isfahonning «Sipohon» jamoasi Jyeparovni qölga kiritiş uçun jiddiy bel boğlagan. Hozirça bu borada Jyeparov bir qarorga kelgani yöq.












