Ötgan yozda Jon Boltonga köpçilik qanotlari qayrilgan, oyoqlariga tuşov tuşgan loçin kabi qarardi. AQŞning BMTdagi sobiq elçisi, Iroq kampaniyasining aşaddiy xayrixohi sifatida tanilgan amerikalik mutaxassis, biroz oldin prezident Donald Trampga maxsus tayyorlangan ma'lumotlarni yetkaza olmaganidan nolib yurgandi. Uning aytişiça, Bolton sobiq prezident Barak Obama davrida amalga oşmagan «Eron yadroni boyitiş dasturi böyiça kelişuvlarni barbod etiş» loyihasini amaldagi davlat rahbariga topşirmoqçi edi. Endi bunga hojat yöq: u 9 apreldan boşlab AQŞ prezidentining Milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi sifatida iş boşlaydi. Ya'ni Eron böyiça erişilgan kelişuvlar bekor bölişi Yaqin Şarq, Eron va uning ittifoqçilari, hatto AQŞ uçun ham real haqiqatga aylanmoqda.
Janob Tramp uzoq vaqtdan buyon «Umumiy qöşma tadbirlar rejasi» (JCPOA) nomi bilan atalgan kelişuvdan nafratlanişi oçiq bayon qiladi. Şunga qaramay, 120 kun davomida har kuni prezident kiritilgan sanksiyalarni majburan qoldiriş uçun imzo çekdi, şuning uçun ham ayrim amerikaliklar Eron yadro dasturi böyiça kelişuvdan voz keçiş içki siyosatda ham katta buriliş yasab yuborişini yaxşi anglaydi.
Donald Tramp joriy yilning birinçi oyida Eron böyiça kelişuvning eng muhim bandlari böyiça kelişmasligini ma'lum qilgandi. Ammo AQŞ taşqi siyosatini şakllantiruvçi mahkamalar rahbarlari davlat rahbariga öz qaroriga borişga köndirgandi, ya'ni Yevropadagi ittifoqçilari bilan hamnafas bölib, Eronning yadro dasturini jim kelişuv asosida yakunlanişini ta'minlaşi kerak edi.
Yevropa davlatlari dasturni qöllab-quvvatlarkan, bir vaqtning özida ballistik raketa yaratişga bölgan har qanday uriniş jazosiz qolmasligini uqtirib keladi. Şuningdek, yadroviy jarayonlarni kuzatuvçi xalqaro inspektorlarni mamlakatda harakatlanişi uçun keng şart-şaroit yaratilişini talab qilişadi.
Har qanday yon bosiş holatida AQŞ yetakçisi fransuz va ingliz siyosatçilarini ayblaydi. Donald Trampning fikriça, Fransiya va Buyuk Britaniya Eron bilan savdo qilişdan manfaatdor, şuning uçun yadroni boyitiş böyiça dasturni ham qöllamoqda. 13 mart kuni Mayk Pompeoga örnini böşatib bergan sobiq davlat kotibi Reks Tillerson ham Eron yadro dasturini şubhaga olib, faqat harbiy salohiyatni oşiriş bilan uni jilovlaş mumkinligini aytgandi.
Yangi tahdid faqat Yaqin Şarqda emas, Şimoliy Koreyada ham mavjud edi. Ammo iqtisodiy sanksiyalardan tinkasi qurigan Kim murosa yölini tanlaşni ma'qullamoqda. Eron holatida esa Yevropa forslarning ortida turgan Xitoy va Rossiyaga bir paytda yon bosmoqda. Bu gal AQŞning iqtisodiy sanksiyalari (agar u kiritilsa) Yevropaning yirik iqtisodiyotlariga jiddiy zarba berişi lozim.













