Jahon | 00:49 / 04.04.2018
22361
2 daqiqa o‘qiladi

Burger King mijozi qirg‘izistonlik ishchini kamsitgani uchun pushaymon yedi (video)

Internetda Rossiyadagi Burger King tamaddixonalar tarmog‘ida mijoz va ishchi o‘rtasida chiqqan mojaro videosi paydo bo‘ldi. Mijozlardan biri tamaddixonada ishlagan qirg‘izistonlik yigitni kamsitmoqchi bo‘lgan.
     
Videoda soqolli erkak stoyka oldida kartoshka frini iste'mol qilayotganini ko‘rish mumkin. U birdan ro‘parasida turgan qirg‘izistonlik yigitga frilarni ota boshlaydi. Ishchi kamsitiqqa chiday olmay, mijozga qo‘lida turgan cheklarni uloqtiradi.

Shundan keyin mijoz stoyka ustida turgan narsalarni yigitga uloqtira boshlaydi.

Bu orada kafening boshqa bir xodimi va uning ortidan qirg‘izistonlik yigit ishchi hududdan chiqish eshigi tomon yo‘l oladilar va mijoz bilan mushtlashib ketadilar. 

Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, kafe ma'muriyati bezori mijoz tomonini olib, surbetlikka javob qaytara olgan ishchisini bo‘shatib yuborgan.  

Ijtimoiy tarmoqlarning aksariyat foydalanuvchilari qirg‘izistonlik yigitni qo‘llab-quvvatlashgan va uning o‘rnida ular ham xuddi shunday yo‘l tutgan bo‘lishlarini aytishgan.  

Mavzuga oid