Xitoylik oila 24 yil muqaddam izsiz ğoyib bölgan qiz farzandini topdi. Vang Mingking va uning rafiqasi qizi Kifengni 1994 yildan beri qidirgan. U 3 yoşligida yöqolib qolgan, deb xabar bermoqda BBC.
Ma'lumotlarga köra, oila gazeta va internetda bu borada e'lonlar ham berib borgan. Garçi, ularda yana bir qiz va öğil bölsada, yöqolgan farzandlarini izlaşda davom etişgan.
Ötgan yilning oxirlarida politsiya fotorobot tayyorlaşga qaror qildi. Natija ijobiy bölgan. Xitoyning boşqa bir qismida Kang Ying ismli ayol öz suratini körib şokka tuşgan. Xitoy OAV ma'lumotiga köra, u yoş qizçalik paytida yöldan topib olingan va uni topgan odamlar öziga farzand qilib olişgan.






Oila şu yilning 3 aprel kuni uçraşdi. Yöqolgan farzand turmuş örtoği, öğli va qizi bilan birga ota-onasining yoniga uçib kelgan.
Sizlar biz ötgan 24 yil davomida qanday qiyinçiliklarni boşimizdan ötkazganimizni tasavvur ham qilolmaysiz. Oxiri biz uçraşdik, deya aytib ötgan Vang Mingking mahalliy gazetaga.











