Chempionlar ligasining chorak finalidagi birinchi oqshom Krishtianu Ronalduga ataldi. U Turinda, «Yuventus» muxlislari ko‘z o‘ngida «Real»ni amalda keyingi bosqichga olib chiqdi - madridliklar Madridga javob uchrashuvi oldidan katta ustunlik bilan qaytishdi (3:0).
Ronalduning chalqancha uslubda urgan ikkinchi goli amalda «Yuventus»ni parokanda qildi. Quyida ushbu uchrashuvning eng yorqin lahzalari.







































