Angliya: «Liverpul» «Tottenhem»ni çiqarib yubordi
Angliya ligasi kubogi, 3-bosqiç
«Liverpul» – «Tottenhem» 3:1
Gollar: Mak Allister 21, Gakpo 54, Soboslai 90+1 – Gallaher 69
«Liverpul»: Mamardaşvili, Kerkez, Gomes (Jake 45), Arauho, Frimpong, Mak Allister, Nioni (Gravenberh 62), Gakpo, Makkonnell (Soboslai 62), Ngumoa (Barkolya 72), Kumas (Isak 86)
«Tottenhem»: Dubravka, Udoji (Robertson 57), Senesi, Adarabioyo, Grey, Bergvall, Bentankur (Fernandeş 57), Tel (Solanke 85), Gallaher (Meddison 75), Quddus (Savinio 75), Marmuş
Ogohlantirişlar: Arauho 36, Frimpong 40, Kerkez 75 – Marmuş 41, Bentankur 45+3,
Angliya ligasi kubogining ötgan haftada bölib ötgan bahslari doirasida markaziy uçraşuv maqomida bölgan «Çelsi» va «Lids» töqnaşuvida muxlislar gollar yomğiriga guvoh bölişgandi (6:3). Bu safar esa barçaning eʼtibori markazida «Liverpul» va «Tottenhem» örtasidagi töqnaşuv turgandi. Jamoasi bilan APLning dastlabki turida birorta ğalabaga erişa olmagan (birorta gol ham urmagan) Roberto De Dzerbi bu öyinga deyarli asosiy tarkibni tuşirdi. «Şporlar» inqirozli holatdan çiqişi kerak, buning uçun esa natijalar yaxşilanişi talab etiladi.
Öyin startida ikki jamoada ham bittadan yaxşi vaziyat böldi. Dastlab Bergvall qulay vaziyatda turib zarba berdi, ammo boşqa yönalişda sakraganiga qaramay, Mamardaşvili töpni oyoqlari bilan qaytarişga ulgurdi. «Liverpul»da esa Kumas darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib bordi, ammo Dubravka bilan duelda yutqazdi. Bölim örtalariga borganda esa mezbonlar baribir hisobni oçişdi. Mak Allister rikoşet yordamida töpni yuqori burçakka joylaştirdi. U ötgan haftada YeÇLda «Atletiko» darvozasini işğol etgandi, bu safar «Tottenhem» uning qurboniga aylandi.
Tanaffus arafasida esa Quddus qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Ötgan mavsumning ikkinçi qismini oğir jarohat tufayli ötkazib yuborgan va faqat avgust oyiga kelib safga qaytgan ganalik futbolçi darvozabon hududida turib, töpni yuqoriga tepib yubordi.
Ikkinçi bölim startida esa «Liverpul» hisobdagi ustunlikni oşirdi. Mak Allisterdan töpni qabul qilib olgan Gakpo olis burçakni aniq nişonga oldi. Va şundan keyingina burçak zarbasi vaqtida darvozabon xatosidan foydalangan Gallaher bitta javob golini urdi. Natijada «Enfild»da yiğilgan muxlislar öyin oxirigaça xavotir içida ötirişdi. 84-daqiqada Dominik Soboslai darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi, 87-daqiqada esa Marmuş yaqin masofadan darvozani öqqa tutdi, ammo Mamardaşvili mezbonlarni muqarrar goldan qutqarib qoldi. Keyingi daqiqalarda londonliklar yana bir neça xavfli hujumlar uyuştirişdi, ammo hisobni tenglaştira olişmadi. Qöşimça daqiqalarda esa Soboslai öz aybini yuvdi va özi uçun uzoq masofalardan gol uriş osonroq ekanini yana bir bor namoyiş etib, öyinga sönggi nuqtani qöydi. Uning zarbasidan keyin töp avvaliga tösinga tegib, keyin darvoza töriga borib tuşdi. «Liverpul» Liga kubogi 1/8 finaliga çiqdi, yozda transferlarga qariyb 400 million yevro sarflagan «Tottenhem» esa mavsumdagi uçinçi mağlubiyatini qabul qilib oldi.















