Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Meksika bilan chegarani qo‘riqlashni AQSh Milliy gvardiyasiga topshirmoqchi
AQSh prezidenti Donald Trampning Meksikadan noqonuniy muhojirlikning oldini olish bo‘yicha dasturi Amerika armiyasi kuchlarini safarbar etishni nazarda tutadi. Bu haqda Reuters Oq uy bayonotiga asosan xabar bermoqda.
Tramp bu haqda Oq uyda ma'lum qilgan. Unda, xususan, AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis ham ishtirok etgan. Prezident chegarani qo‘riqlash uchun Qo‘shma Shtatlar Milliy gvardiyasini safarbar etish haqida buyruq berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Meksika bilan chegarani qo‘riqlashga harbiylarni jalb qilishini aytgandi. “Chegaramizni harbiylarimiz ishtirokida qo‘riqlaymiz. Bu oldinga katta qadamdir”, deb aytgan Tramp jurnalistlarga. Biroq Tramp bu qanday qilib amalga oshirilishiga oydinlik kiritmagandi.
Mavzuga oid
10:12 / 11.07.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida raqamli bojxona nazorati joriy etiladi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
11:20 / 01.07.2026