«Özbekiston temir yöllari» AJ boşqaruv raisi birinçi örinbosari Akbar Şukurov Jizzax şahrining yangi hokimi etib tayinlandi. Bu haqda «Sangzor.Uz» manbasi xabar bergan.
Bu lavozimda 2017 yil aprel oyidan buyon Jizzax viloyat hokimining sobiq örinbosari Akrom Bahriddinoviç Rahmonqulov işlab kelayotgandi.
Akbar Şukurov 2011—2017 yillarda Samarqand şahri hokimi bölgan, 2017 yilning fevral oyidan beri «Özbekiston temir yöllari» AJ boşqaruv raisi birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yurita boşlagandi.
3 aprel kuni Fazliddin Fathullayeviç Sagdullayev «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisining birinçi örinbosari etib tayinlandi.











