Ispaniyaning Arkos-de-la-Frontera şahrida buqa pasxa festivali vaqtida erkak kişini suzib taşladi. Hodisa tasvirlangan video YouTube’da e'lon qilingan.
45 yoşli ispaniyalik erkak enserro – milliy köngiloçar tadbir davomida jabrlandi. Bunda tadbir iştirokçilari maxsus çiqarib yuborilgan buqalar, sigirlar yoki buzoqlardan qoçişi kerak.
Rolikdan köriş mumkinki, hayvon yugurib kelib erkakka urilgan va uni bir neça marta havoga kötarib taşlagan. Şu bilan birga, buqa şoxlari bilan zarba berişda davom etgan.
The Local’ning yozişiça, aksariyat zarbalar erkakning kökragi va soniga töğri kelgan. Jabrlanuvçi şifoxonaga olib ketildi, u yerda öpka jarohati tufayli vafot etdi.












