Rossiya Federatsiyasining Anqaradagi elçisi Andrey Karlovning ölimi böyiça Turkiyaning Axborot texnologiyalari va aloqa boşqarmasining sobiq xodimi qölga olindi. Uning sözlariga köra, Karlovning qotilining "kuratori" - Fathulloh Gyulen oqimiga qaraşli Mavlut Mert Oltintoş bölgan. "Anadolu" agentligi şu haqida xabar berdi.
Anqaradagi Rossiya elçisi Andrey Karlovga 2016 yilning 19 dekabrida "Rossiya turklar nigohida" körgazmasining oçilişida hujum uyuştirilgan. Hujumni amalga oşirgan şaxs politsiya operatsiyasi davomida hayotdan köz yumgan. Rossiya elçisi olingan jarohatlar natijasida jon bergan.
Rossiyalik diplomatning joniga qasd qiliş böyiça tergov işlari doirasida bugunga qadar bir neça kişi, şu jumladan 3 nafar politsiya xodimi qölga olingan. Ular orasida Guru media-guruhi rahbari Xayruddin Oydinboş va RF elçisi öldirilgan körgazma taşkilotçisi - Mustafo Temur Özkan ham bor.












