Jizzax viloyatining Paxtakor tumani hududidan ötgan 4R-35 "Jizzax – Gagarin” yölining 49-kilometrida ikkita "Neksiya" rusumli avtomobil töqnaşib ketişi natijasida yonğin kelib çiqqan. Bu haqda Sangzor naşri yozmoqda.
Qayd etilişiça, hodisa 4 aprel kuni soat 12:40da sodir bölgan.
Jizzax şahrida istiqomat qiluvçi, 1990 yilda tuğilgan fuqaro boşqaruvidagi “Neksiya” Jizzax-Döstlik yönalişi böylab harakatlanib borayotganda, qarama-qarşi yönalişdan kelayotgan, 26 yoşli arnasoylik haydovçi boşqaruvidagi avtomobil bilan yuzma-yuz töqnaşib ketgan.
Oqibatda yonğin kelib çiqqan. Hodisa tufayli har ikkala avtomobilda bölgan barça – jami sakkiz kişi halok bölgan.












