09:42 / 06.04.2018
5631

Panama va Venesuela o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar o‘ta keskinlashdi

Foto: Ariana Cubillos/AP

Panama hukumati Venesueladan elchisini chaqirtirib olishi haqida ma'lum qildi va bu davlat rasmiylariga o‘z diplomatik vakilini chaqirtirib olish talabini qo‘ydi. Bu haqda ushbu mamlakat TIV saytida xabar berilgan.

«Bu qadam Venesuelaning panamalik ko‘plab amaldorlar va kompaniyalar, jumladan prezident Xuan Karlos Varela bilan tijoriy munosabatlarni to‘xtatib qo‘yish bo‘yicha qaroriga javob bo‘ldi. Ular bizni pul yuvishda ishtirok etganlikda gumonlamoqda», - deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, Panama o‘tgan oyda Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni pul yuvishga aloqador bo‘lgan shaxslarning «yuqori tahdidli» ro‘yxatiga qo‘shib qo‘ygan.

O‘z navbatida Venesuela rasmiylari Panama bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni 90 kunga to‘xtatib qo‘ydi.

Venesuela hukumati Panamaga tegishli Copa Airlines aviakompaniyasining mamlakatga barcha reyslarini ham to‘xtatdi. Bu Panamaga qarshi moliyaviy va iqtisodiy sanksiyalar doirasida yuz berdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» hukumat bayonotiga asosan.

«2018 yilning 6 aprelidan boshlab 90 kunlik muddatga Compañía Panameña de Aviación’ning (Copa Airlines) mamlakat hududiga barcha parvozlari to‘xtatiladi. Bu Venesuela moliyaviy tizimini qo‘llab-quvvatlash chorasi bo‘ladi», - deyiladi xabarda.

Shuningdek, Venesuela hukumati Panamadagi o‘z elchisini maslahatlashuvlar uchun chaqirtirib olishga qaror qilgan. Bu haqda mamlakat vitse-prezidenti Tarek Al-Aissamiy tvitterdagi sahifasida xabar berdi.

«Prezident Nikolas Maduro Venesuela xalqining muqaddas manfaatlarini himoya qilish uchun Panama respublikasidagi elchimiz Xorxe Duran Sentenoni maslahatlashuvlarga chaqirtirib olish haqida qaror qabul qildi», - deya yozgan u.

Mavzuga oid
Top