Bugun, 5 aprel kuni Özbekiston Islom akademiyasida Özbekiston musulmonlari idorasi tomonidan taşkil qilingan «Ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlaş va Islom dini ma'rifatini tarqatişda diniy soha xodimlarining örni» mavzusida ilmiy-öquv seminar bölib ötdi. Musulmonlar idorasi tomonidan ilk bor videoselektor tarzida taşkil qilingan uşbu ilmiy anjumanga Özbekistonda din sohasida xizmat qilayotgan uç mingdan ziyod kişi – muftiylar, qozilar, imom-xatiblar, mudarrislar, noşirlar, masjid xodimlari va boşqa köplab mehmonlar qatnaşişdi. Bu haqda Islom.uz xabar bermoqda.

Uşbu ilmiy-öquv seminarda «Islom dini ma'rifatini tarqatişda diniy soha xodimlarining dolzarb vazifalari», «Özbekiston Islom akademiyasining taşkil etilişi –yurtimizda diniy ta'lim sohasidagi islohotlar mahsuli», «XX asr özbek adabiyotida islomiy mavzular», «Diniy jurnalistikaning şakllanişi» va boşqa köplab mavzularda ma'ruzalar qilindi.
Anjuman söngida uni videoselektor orqali kuzatib turgan viloyat imom-xatiblariga söz berildi.
Samarqand viloyati boş imom-xatibi Zayniddin Eşonqulov, Toşkent viloyati boş imom-xatibi Xayrullo Turmatov hamda Andijon viloyati boş imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarovlar öz viloyatlarida diniy va ijtimoiy sohada olib borilayotgan işlar haqida qisqaça hisobot berişdi.









