American Airlines aviakompaniyasi Boeing korporatsiyasi bilan 47ta yangi Boeing 787 Dreamliner samolyotini yetkazib beriş borasida kelişuvga erişdi. Bu haqda CNN telekanali aviakompaniya bayonotiga asosan xabar qilmoqda.
Airbus kompaniyasidan 22ta Airbus A350 samolyotini xarid qiliş böyiça buyurtma “öz parkini yengillaştiriş” maqsadida bekor qilindi. American Airlines’dan qöşimça qilişlariça, kompaniya hozirgi paytda öttizga yaqin Boeing 787 Dreamliner samolyotiga ega.
Kanal ma'lumotlariga köra, bitim qiymati 12 mlrd dollarga yetişi mumkin, biroq hozirça har ikki kompaniya ham xarid borasidagi yangi kelişuv moliyaviy şartlarini oçiqlaşdan boş tortdi. Şu bilan birga, kelişuvda aviakompaniya tomonidan yana Dreamliner turidagi 28ta avialaynerni xarid qiliş imkoniyati nazarda tutilgan.








