Qatar Saudiya Arabistonining Dahron şahrida 15 aprelda ötadigan Arab davlatlari ligasi sammitida iştirok etadi. Doha News yangiliklar portalining ma'lum qilişiça, bu haqda Qatar taşqi işlar vazirligining vakili Lulva al-Xatar ma'lum qilgan. 

Uning aytişiça, Doha taklifni qabul qilgan, biroq sammitda amirlikning qaysi darajadagi mansabdor şaxslari iştirok etişi böyiça qaror qabul qilinmagan. Sammitda Falastin-Isroil ixtilofi; Al-Quds maqomi masalasi; Suriya, Yaman, Liviyadagi inqirozlar; terrorçilikka qarşi kuraş hamda Eronning arab davlatlari işiga aralaşuvi körib çiqiladi. Şuningdek, Qatar va arab davlatlari örtasida vujudga kelgan inqiroz muhokama qilinadi.