Ukraina Mudofaa vazirligidan aytişlariça, qöşinlarning alohida – tibbiy turdagisi taşkil etilişi mumkin. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» Ukraina Qurolli kuçlari tibbiy xizmati boşliği, Boş harbiy-tibbiy boşqarma boşliği, tibbiy xizmat polkovnigi Igor Xomenkoga asosan xabar bermoqda.
Uning sözlariga köra, bunday turdagi qöşinlarni şakllantirişda Bundesver tizimidan namuna olinadi.
«Ukraina tizimi nemislardan 100 foizga köçirib olinmaydi, biroq uning asosiy prinsiplaridan foydalaniladi: tibbiy ta'minot boşqaruvining yagona organi, yagona böysunuv vertikali, tibbiyot xodimlari tibbiy ta'minot uçun javob beradi, ulardan özlariga xos bölmagan funksiyalar olib taşlanadi», - deya aniqlik kiritdi Xomenko.
Ta'kidlanişiça, tegişli islohot 2021 yilgaça amalga oşiriladi, bunday turdagi qöşinlarga esa taxminan 25 ming harbiy xizmatçi kiradi.











