Oltin medal masalasi hal bölgan turnirda kumuş medal uçun ikki Madrid jamoasi kuraş olib bormoqda. Ayni vaqtda «hindular» raqibidan 4 oçko oldinda.
Yevrokuboklar haftasiga töğri kelgan bölişiga qaramasdan bu öyinda jamoalarning tarkibda sezilarli rotatsiyalar qilişiga işoniş qiyin. Boz ustiga «Real» va «Atletiko» çorak final masalasini deyarli hal qilib bölişdi. Endi esa bor e'tiborni Madrid uçun jangga qaratiş ham mumkin.
Kim öyinni TV qarşisida köradi?
Zidanda jiddiy yöqotişlar yöq: faqatgina Naçoda biroz jarohat mavjud, ammo buni qörqinli deb bölmaydi, sababi Karvaxalda barçasi joyida. Şuningdek, derbida Aşraf, Valexo, Sebalos va Mayoral iştirok etmaydi – şunçaki ular murabbiy tomonidan qaydnomaga kiritilmagan.
«Atletiko»da ikkita jiddiy yöqotiş bor: Felipe Luis va Ximenes davolanmoqda. Ikkalasi ham «Santyago Bernabeu»da bölib ötadigan uçraşuvda maydonga tuşa olmaydi. Vrsalkoda esa imkoniyat bor: u jarohatidan töliq tuzalib ulgurdi.
Jamoalardagi vaziyat
Kostaning «Atletiko»ga qaytişi foydali bölib çiqdi: sönggi 15 uçraşuvda «hindular» faqatgina ikki marta («Barsa» va «Vilyarreal») imkoniyatni boy berdi. Simeone jamoasi bilan Yevropa Ligasi yarim finaliga deyarli çiqib böldi. Endi heç kim jamoani La Liganing kuçli uçligidan çiqarib yubora olmasa kerak. Munosib mavsum.
«Real»da hammasi ajoyib. Mavsum yakuni arafasida «Madrid» dahşatli sport formasiga kirdi va sönggi 12 uçraşuvda 11 ğalabani qölga kiritdi. Jumladan «PSJ» (ikki marta) va «Yuventus» mağlub etildi. Bahor boşlanganidan buyon madridliklar 6 uçraşuv ötkazib barçasida ğalaba qozondi, bu öyinlarda urilgan 19 goldan 11tasi Kriştianu Ronaldu hisobiga yozildi. Portugaliyalik hujumçisi va Zizuda hozir «pik» davr.
Yuzma-yuz — faktlar
Bu töqnaşuv barça musobaqalarni qöşib hisoblaganda, 219-marta Madrid uçun keçayotgan jang böladi. «Real» ularning yarmida ğalaba qozongan – 109 marta.
«Real» mana 4 uçraşuvdirki, La Liga doirasida «Atletiko»ni «Santyago Bernabeu»da öynab yuta olmayapti (1 durang va 3 mağlubiyat).
«Madrid» La-ligada 228 marta darvozaga aniq zarba berdi – bu hozirça eng yaxşi körsatkiç.
«Atletiko» esa 96 marta öz darvozasiga aniq zarba yöllanişiga qöyib berdi.
Ronaldu «Atletiko» qarşi 30 öyinda 21ta gol kiritişga muvaffaq bölgan. U derbidagi eng yaxşi töpurar sanaladi.












