Futbol tarixi afsonaviy murabbiylarga boy. Ular qaysidir jamoa misolida öz afsonalarini paydo qilişgan. Ana şunday murabbiylardan biri - Yupp Xaynkesdir.

Yupp Xaynkes «Bavariya» klubiga tört bor boş murabbiy etib tayinlangan: ilk marta 1987-1991 yillarda; 2009 yilda boş murabbiy vazifasini vaqtinça bajaruvçi; 2011-2013 yillarda va 2017 yilning kuzidan hozirga qadar.

Yupp jamoa bilan bu vaqt içida tört bor: 1988/89; 1989/90, 2012/13 va 2017/18 yilgi mavsumlarda Bundesliga ğolibi bölgan.

1989 yil. U «Bavariya» murabbiy etib tayinlangaç, 2 yil ötib birinçi titulni qölga kiritdi. 

1990 yil. Keyingi mavsumda Xaynkes va uning «Bavariya»si öz maqomini saqlab qoldi. Murabbiy tantanalar vaqtida Yevrokubokni ham olişini va'da berdi, ammo sözining ustidan çiqa olmadi. Musobaqaning yarim finalida «Bavariya» «Tsrvena Zvezda» jamoasiga yengildi, Yupp esa Bilbaoning «Atletik» jamoasiga yöl oldi. 

Foto: Getty Images

2013 yil. Bu juda yorqin mavsum bölgan edi. «Bavariya» treblga erişgan ilk nemis jamoasiga aylandi (bundesliga, Germaniya kubogi va Çempionlar Ligasi ğolibi). Barça har ehtimolga qarşi Yuppning ketişi va Gvardiolaning tayinlanişini bilar edi. Yupp iste'foga çiqqaç, murabbiylik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. 

Foto: globallookpress.com

2018 yil. Şunday bölsada u qaytdi. Ançelotti davrida inqiroz köçasiga kirib qolgan «Bavariya»ni qöllab-quvvatlaş maqsadida murabbiylik faoliyatini tikladi.

Foto: REUTERS/Michaela Rehle