AQŞning Arizona ştatida Şimoliy Amerika silovsini va şaqildoq ilonning olişuvi guvohlar tomonidan videoga olindi. Voqea xususiy uylardan biri yaqinidagi yölda yuz bergan.
Olişuv bir daqiqaça davom etgan. Natijada silovsin ğolib çiqib, ilonni tişlagança özi bilan olib ketgan.
“Yaxşiyamki, biz maşinada edik. Agar piyoda ketayotganimizda, men aniq u yerga yaqinlaşmagan bölardim, şunçaki qoçib ketardim. Bunday vaqtda bu ikki jonzot orasiga tuşib qolişni istamagan bölardim”, deb aytgan voqea guvohlaridan biri.
Silovsinga şaqildoq ilon zahri ta'sirsiz hisoblanadi. Agar ilon silovsinni çaqqanda ham unga heç narsa qilmagan bölardi.











