Noyob suratlar şu oyda Southeastern Naturalist ilmiy jurnalida eʼlon qilingan tadqiqotga kiritildi. Olimlarning taʼkidlaşiça, kadrlar silovsinning tabiiy muhitda voyaga yetgan zaharli ilonga hujum qilişini hujjatlaştirgan kamyob dalillardan biridir.

Suratlarda silovsin dastlab ilonga ehtiyotkorlik bilan yaqinlaşayotganini köriş mumkin. Yirtqiç şaqildoq ilonning xavfli dumiga yaqinlaşmaslikka harakat qilgan, keyin esa uning dumi va tanasiga hujum qilgan.

3-37
Fototuzoq silovsinning dunyodagi eng yirik şaqildoq ilonga hujumini tasvirga oldi / © Mohamed Khalil Meliane va boşqalar, Southeastern Naturalist, 2026

Keyinçalik silovsin ilonni tirnoqlari bilan jarohatlab, oxirida uning boş qismidan tişlagan. Keyingi kadrlarda ilon ağdarilgan va jarohatlangan holatda körinadi.

Şu bilan birga, şaqildoq ilon ham silovsinga bir neça bor taşlanişga uringan, ammo hujumlari natija bermagan.

Şarqiy rombsimon şaqildoq ilon (Crotalus adamanteus) tana uzunligi va vazni jihatidan şaqildoq ilonlarning eng yirik turi hisoblanadi. Şu sabab nisbatan kiçik silovsinning bunday xavfli öljaga faol hujum qilişi olimlarda alohida qiziqiş uyğotgan.

4-28
Fototuzoq silovsinning dunyodagi eng yirik şaqildoq ilonga hujumini tasvirga oldi / © Mohamed Khalil Meliane va boşqalar, Southeastern Naturalist, 2026

Jami 38 ta surat 2022-yil yozida Florida ştati Xardi okrugida, Florida universitetining çorvaçilik böyiça tadqiqot va taʼlim markazi hududida olingan. Kamera yovvoyi tabiatni kuzatiş uçun taşkil etilgan kengroq fototuzoqlar tarmoğining bir qismi bölgan. Biroq kadrlar faqat 2026-yilda ilmiy maqola doirasida eʼlon qilindi.

Tadqiqot mualliflarining fikriça, uşbu suratlar silovsinlar voyaga yetgan yirik zaharli ilonlarga jiddiy şikast yetkaza olişini bevosita körsatadi.

Olimlar bu kabi töqnaşuvlar tabiatda avval öylanganidan köra tez-tez sodir bölişi, ammo odamlar ularni kamdan kam kuzatişi mumkinligini taʼkidlamoqda.

Tadqiqot natijalari silovsinlar yirik sudralib yuruvçilar, jumladan xavfli va invaziv turlarni ham ölja sifatida ovlaşi mumkinligi haqidagi qaraşlarni mustahkamlaydi.