Buxoroning qadimiy eski şahar qismida, şundoqqina Masjidi Kalonning yonida va orqa qismida «Şahriston» bozori buzib taşlanib, uning örniga şarqona arxitekturaga ega yangisi qurilişi loyihalaştirilayotganini bilasizmi?

Yangi bozorning loyihalaridan biri Buxoro şahridagi «Ark» arxitektura loyihalaştiriş firmasi, arxitektor Zoirşo Qiliçev tomonidan taqdim etilgan.

Zoirşo Qiliçev Samarqand davlat arxitektura-quriliş institutini tamomlagan. Turli yillarda Buxorodagi ilmiy-restavratsiya ustaxonalari, arxitektura yodgorliklarini restavratsiya va konservatsiya qiliş ilmiy-tadqiqot instituti, Buxoro muzey-qöriqxonasining boş arxitektori bölib işlagan.

1997 yildan 2003 yilgaça Buxoro şahrining boş arxitektori bölgan. 2003 yildan «ARC» xususiy arxitektura firmasining arxitektori bölib işlab kelmoqda.

Zoirşo Xallakoviç Qiliçev fransuzlarning ikki arxitektura assotsiatsiyasi — «Karavansaray» va «Taselatus» a'zosi hisoblanadi va ular bilan yigirma yildan buyon Buxorodagi arxitektura yodgorliklari reabilitatsiyasi, xususan, fransuz arxitektorlari bilan şeriklikda eski şahar hududidagi karvonsaroylar galereyasi restavratsiyasi bazasida Buyuk ipak yöliga bağişlangan badiiy ijodiyot markazi yaratilmoqda. U fransuz tilida erkin gaplaşa oladi.

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev 2017 yil mart oyi boşida Buxoro şahriga taşrifi davomida uşbu bozor loyihasi bilan tanişgan, uni ma'qullagan, mutasaddilarga topşiriq berilib, qariyb 400 million sömlik loyiha işlarini yakuniga yetkaziş uçun 15 foiz miqdorda pul ham köçirib berilgan.

«Eski (qadimiy) Buxoroni, uning bozorlarini, tangköçalarini tiklaşimiz kerak. Lekin u şunday şinam bölişi kerak-ki, odamlar qadimiy tariximizning hidini sezişlari lozim. Odamlar özi turist bölib, qança joygaça piyoda yuriladi, qanday nafas olinadi, qayerda ötiriladi, qayerda yotadi — şularni körişi kerak. Bu joy keçasi bilan işlaydigan maydon bölişi kerak. Biz tariximizni tiklaşimiz, saqlaşimiz, yoşlarimizga yetkazişimiz kerak», — degan edi Prezidentimiz loyihani ma'qullab, közdan keçirar ekan.

Zoirşo Qiliçev «Şahriston» bozorining yangi tayyorlangan loyihasi haqida şunday hikoya qiladi:

— Uşbu loyiha topşiriği 2016 yil avgust oyida menga kelib tuşgan. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevga ham ötgan yili 10 mart kuni şu taklifni namoyiş etdik. Prezidentimiz loyiha bilan tanişib, uni tasdiqladi. Bayonnomalarga ham kiritildi.