Surxondaryo viloyatida joylaşgan Termiz davlat universiteti maxsus sirtqi bölimiga soxta hujjatlar asosida qabul qilinib, talabaga aylangan soxtakor öqişdan çetlaştirildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri Surxondaryo viloyati hokimligi tarqatgan ma'lumotga tayanib xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Qumqörğon tumani XTB qaraşli 54 va 30 umumta'lim maktablarda, Denov pedagogika kollejida ayni holat yuzasidan soxta hujjatlar tayyorlangani aniqlangan edi. Uşbu vaziyatga huquqiy baho bergan mutasaddi vakillari, mazkur ta'lim muassasalari rahbarlarini lavozimida böşatiş töğrisida qaror qabul qilingani haqida ma'lumot bergan.
Endilikda Denov tumani 46 umumta'lim maktabida bir kun ham işlamagan fuqaro Xurşida Mingaliyeva muassasa direktori bilan jinoiy til biriktirib, soxta hujjatlar bilan TerDU maxsus sirtqi bölimiga talabalikka qabul qilingani aniqlandi.
Keltirilgan dalillarga töliq iqror bölgan maktab direktori Elmurod Boysariyev 35 yillik mehnat faoliyati davomida birinçi marta soxta hujjatlarga imzo qöyganini bildirib, puşaymon ekanini aytdi.
«Bu işga umuman qöl urmaganman. Hujjatlar Denov kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori Şokir Sattorovning iltimosi bilan tayyorlangandi», deydi Boysariyev.
Tabiiyki, savol paydo böladi: Mingaliyevaning kollej direktori Şokir Sattorovga nima aloqasi bor?! Aniqlanişiça, Xurşida Mingaliyeva uşbu kollejda 2018 yil 1 fevral kundan buyon psixolog lavozimida 0,5 stavka bilan işlab kelmoqda. Vaholanki, xodimning işga olingani haqidagi qaydlar buyruqlar daftariga kiritilmagan.
Aslida, Mingaliyeva mazkur kollejda 2011 yil 1 martdan boşlab laborant texnik vazifasiga işga qabul qilingan. Biroq, u 2014 yilda 46 umumta'lim maktabida işlaşini ta'kidlab yolğon körsatmalar berişda davom etmoqda.
Kun.uz axborot manbasi yetkazgan ma'lumotga köra, Xurşida Mingaliyeva ayni paytda talabalar safidan çetlaştirilgan.












