Özbekiston Respublikasida «Halol» standartlarini qabul qiliş va amaliyotga joriy etiş işlari bilan birgalikda uşbu standartlarga muvofiq milliy sertifikatlaştiriş tizimini yaratiş işlari boşlangan, deb xabar beradi «Özstandart» agentligi matbuot xizmati.
Özbekistonda «Halol» standartlarini qöllanilişi ixtiyoriy ravişda amalga oşiriladi.
«Halol» belgisi ostida işlab çiqarilgan mahsulotlarning nazorati amaldagi talablarga asosan muvofiqlik sertifikatini bergan idora tomonidan amalga oşiriladi.
Eksport qiluvçi korxonalar va fermer xöjaliklariga amaliy yordam körsatiş maqsadida «Halol» standartiga asosan quyidagi namuna şaklida protsedura hujjatlari işlab çiqildi:
- Sifat sohasidagi siyosat
- Sifat sohasidagi maqsadlar
- Hujjatlarni boşqariş protsedurasi
- Yozuvlarni boşqariş protsedurasi
- Içki auditlarni boşqariş protsedurasi
- Nomuvofiq mahsulotlarni boşqariş protsedurasi
- Tuzatuvçi harakatlarni ötkaziş protsedurasi
- Ogohlantiruvçi harakatlarni ötkaziş protsedurasi
- Favqulodda holatlar protsedurasi
- Mahsulotni baholaş protsedurasi











