Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi va bevosita topşiriği asosida mamlakatda ilk bor dunyo tibbiyotida eng murakkab va nozik amaliyotlardan hisoblangan organlar transplantatsiyasi böyiça zamonaviy operatsiyalar amalga oşira boşlandi.
Ötgan yildan e'tiboran akademik Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida buyrak köçirib ötkaziş böyiça operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarib kelinayotgan bölsa, joriy yildan uşbu markazda mamlakatimiz tibbiyoti tarixida birinçi marta jigarni köçirib ötkaziş operatsiyasi yuqori natija bilan ötkazildi.

Şuningdek, Respublika Gematologiya va qon quyiş ilmiy tekşiriş instituti olimlari jahon tibbiyotining ilğor yönalişi — özak hujayra transplantatsiyasini özlaştirib, hozirda uni muvaffaqiyatli yölga qöydi.
Kuni keça Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazida Turkiyaning Başkent tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda yangiyöllik 13 yoşli bemor Umidjon Abdumadjidovga 35 yoşli otasi Ilğor Abduqayumov donorligida buyrak köçirib ötkaziş operatsiyasi bajarildi.

Kun.uz Respublika soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati kömagida mazkur murakkab jarrohlik amaliyotini bajargan professor Mehmet Haberal bilan eksklyuziv intervyu uyuştirdi

Professor keyingi vaqtlarda turkiy xalqlar örtasida yaxşi munosabatlar qaytganini mamnuniyat bilan e'tirof etgan.
«Rahmatli Haydar Aliyevning bir gapi bor edi. «Bir millat, ikki davlat». Holbuki endi «Bir millat, yetti davlat» desa böladigan holga keldik. Çunki, Özbekiston, Qozoğiston, Turkmaniston, Ozarboyjon... bari Turkiya bilan birga bir butun böldik. Bu yerga ikkinçi marta kelganimdan juda xursandman. Meni bu yerga taklif qilgan qadrli qardoşim Abduhakimga va uning döstlariga minnatdorçiligimni bildiraman.Turkiy uluslar ba'zan qiyinçiliklar davridan ötib keldi. Bugun bizning vazifamiz davlatlarimizning yanada yuksalişi uçun hissamizni qöşişdir», dedi u.












