«Al-Qoida» 11 sentabr terakti g‘oyasini «Yulduzlar jangi»dan olgan bo‘lishi mumkin
Yozuvchi Margaret Etvud Variety nashriga bergan intervyusida AQShda 2001 yilning 11 sentabr kuni yuz bergan terakt bo‘yicha noodatiy taxminni bildirdi. «Xizmatkor ayol hikoyasi» muallifining ishonch bildirishicha, «Al-Qoida» terrorchilik tashkiloti samolyotlarni egizak-minoralarga yo‘naltirish haqidagi g‘oyani «Yulduzlar jangi» kosmik kinosagasidan olgan.
Etvudning eslatishicha, 2000 yilda «Xizmatkor ayol hikoyasi» bo‘yicha opera premerasi bo‘lib o‘tgan, u ko‘plarga ma'lum bo‘lgan obektlar, jumladan egizak-minoralarning portlatilishi tasvirlangan rolik bilan boshlangan. «Biroq ular bu g‘oyani mening operamdan emas, balki «Yulduzlar jangi»dan olishgan», - deya aniqlik kiritdi yozuvchi. Uning bildirishicha, 3000 kishi hayotiga zomin bo‘lgan ushbu teraktlarni sodir etganlar shu filmdan ilhomlanganiga haqiqatdan ham ishonadi.
«Birinchi film yodingizdami? Samolyotda bo‘lgan ikki yigit nimaningdir o‘rtasiga kelib uriladi va uni portlatadi? Farq bitta narsada: «Yulduzlar jangi»da ular qochib qolishga ulguradi», - deya aytib o‘tdi Etvud Lyuk Skayuoker kosmolyotda O‘lim yulduziga kelib urilishi bilan bog‘liq epizodni yodga olib.
Mavzuga oid
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
10:10 / 02.11.2024
«Krokus»dagi terakt: ishda to‘rt nafar yangi ayblanuvchi paydo bo‘ldi
22:10 / 25.10.2024