Jahon | 15:54 / 11.04.2018
7246
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqiga ilk tashrif. Qirg‘iziston prezidenti Bryusselga uchdi

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Belgiya poytaxti Bryusselga yo‘l oldi. 9 aprel kuni Turkiyaga borgan prezident bugun u yerdan Yevropa markaziga uchgan.

Yevropa Ittifoqi asosiy institutlariga tashrifi doirasida u Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini, Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker, Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk hamda Yevropa parlamenti raisi Antonio Tayani bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Qirg‘iziston prezidenti Yevropa Ittifoqi rahbariyati bilan shaxsiy aloqalar o‘rnatishni maqsad qilgan.

Ayni vaqtda Yevropa Ittifoqi va Qirg‘iziston o‘rtasida yangi uzoq muddatli hamkorlik tuzish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Mavzuga oid