11 aprel kuni Jinoyat işlar böyiça Toşkent şahar sudi binosida​ jurnalist Bobomurod Abdullayev, öqituvçi va blogger Hayotxon Nasriddinov, tadbirkorlar Şavkat Olloyorov va Ravşan Salayevlar ustidan olib borilayotgan navbatdagi sud majlisida MXX (ayni paytda DXX) tergovçilari ham körsatma berdi. Bu haqda sud majlisida iştirok etgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Avvalroq, sud majlisi 11 aprel kuni soat 11:00da davom etişi belgilangan bölsa, şu kuni sud işi soat 14:00ga köçirildi. Şunday qilib, noodatiy ravişda, işni körib çiqiş soat 21:36gaça davom etdi. MXX tergovçilari Timur Yakubov, Nodir Muhitdinov, Aleksey Veselov va yana bir nafar (Kun.uz muxbiriga ismi noma'lum) xodim guvoh sifatida sud majlisida körsatma berdi. Prokuror Qobilov xodimlarning konspiratsiya tamoyili asosida faoliyat yuritişini ta'kidlab, işning mana şu epizodini yopiq sud majlisi tarzida davom etişini iltimos qildi. 

Sudya davlat ayblovçisining iltimosini qanoatlantirdi. Şundan söng, sud majlisida iştirok etayotgan kuzatuvçi, jurnalist, xorijiy diplomatik korpus vakillari hamda sudlanuvçilarning yaqin qarindoşlari binodan çiqib ketdi. Sudlanuvçi Bobomurod Abdullayevning advokati Mayorov sud majlisi tanaffus e'lon qilgaç, MXX tergovçilarining körsatmasi bir-biridan deyarli farqlanmaganini bildirdi. 

«Sud majlisida guvoh sifatida körsatma bergan MXX tergovçisi ança bosiqlik bilan barça savollarga javob berişga harakat qildi. Şuningdek, ularning körsatmalari orasida ixtilofli vaziyatlar közga taşlanmadi. Bir narsaga oydinlik kiritiş qolmoqda, ya'ni Bobomurod Abdullayev va u bilan qamoq ehtiyot çorasida qolayotgan sudlanuvçilar qaçon qölga olingandi? 

MXX tergovçilarining nazdida sudlanuvçilar, avvalo, tuşuntiriş xati yozib bergan, keyin sanksiya bilan ikki kun ötib qölga olingan. Mantiqan öylab qarasangiz, tergovçilar Usmon Haqnazarov taxallusida maqolalar e'lon qilgan şaxs kimligini bila turib, undan tuşuntiriş xati oliş bilan kifoyalangan, oradan ikki kun ötib qamoqqa olgan»​, deydi advokat Mayorov.

Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan advokat Dilşod Jabborov ham guvohlarning körsatmalaridan köngli tölganini bildirdi. 

«Mazkur işga aloqador bölgan barça aşyoviy dalillarning asli DXX (sobiq MXX) Tergov boşqarmasi arxivida saqlanmoqda. «Örma»​ rejasi elektron matn şaklida fleşka xotirasida saqlangan. Hujjatni (Word faylning yaratilişi - tahr.) tuğiliş payti aniqlanişi lozim, u juda köp hujjatlarda har xil berilgan»​, deydi u. 

Eslatib ötamiz,«Örma»​ rejasi​ elektron matn şaklida fleşka xotirasida 2017 yilning 14 oktabrida yaratilgani haqidagi ma'lumot oşkor bölgandi. Ya'ni Bobomurod Abdullayev qamoqqa olinganidan söng, hukumatni ağdariş va Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qiliş kabi harakatlari ifodalangan reja matni Abdullayevga tegişli deb gumon qilingan fleşka xotirasida ötgan yili 14 oktabrda yaratilgan.