Fransiyada Mirage 2000 qiruvçi samolyoti zavod ustiga tasodifan bomba taşlab yubordi. Bu haqda France Bleu xabar bermoqda. 

Voqea 10 aprelda Luara departamentida yuz bergan. Fransiya harbiy-havo kuçlarining ikkita samolyoti Nojan-syur-Vernisson aholi punkti ustidan uçib ötayotganda ulardan biri aviabombani yöqotib qöygan. Bomba Faurecia kompaniyasi zavodi ustiga tuşgan. Buning oqibatida 2 kişi jarohat olgan.

“Avval ikkita qiruvçi samolyot uçib ötdi va biz zarba ovozini eşitdik. Ovoz yetarliça baland edi”, deb aytgan guvohlardan biri.

Fransiya harbiy-havo kuçlari vakili, polkovnik Olive Seloning aytişiça, zavodga tuşgan bomba öquv bombasi bölgan va portlovçi moddalarga ega bölmagan. Bomba Reysm yaqinidagi poligonga taşlanişi kerak bölgan. 

Ta'kidlanişiça, voqea tergov qilinmoqda.