Fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlari, xususan, oila va nikoh munosabatlariga oid huquqlari himoyasini yanada kuçaytiriş, uşbu masalaga oid sud amaliyotini keng xalq ommasiga yetkaziş maqsadida Özbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot dasturining “Özbekistonda qonun ustuvorligi yölida hamkorlik” qöşma loyihasi doirasida “Oila va nikoh munosabatlarining huquqiy tartibi” risolasi tayyorlandi.

“Oila va nikoh munosabatlarining huquqiy tartibi” risolasi

Mazkur risolada nikoh va oila masalalariga oid ba'zi huquqiy tuşuntirişlar qiziqarli infografikalar, jadvallar, sxemalar va rasmlar yordamida aholining keng qatlamlariga tuşunarli tilda aks ettirilgan.

Risola oila quriş niyatida bölgan yoşlar, oila qurib yaşayotgan er va xotinlar hamda oila va nikoh huquqi bilan qiziquvçi barça fuqarolar uçun möljallangan.

Uşbu risola mahalla fuqarolar yiğinlari orqali aholiga bepul tarqatilişi rejalaştirilgan, deb xabar berdi Özbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati.