Çempionlar Ligasi 1/4 finalida «Real» «Yuventus»ga qarşi javob uçraşuvini ötkazdi. Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida keçgan uçraşuv turinliklarning 3:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Öyinning 2-daqiqasidayoq Sami Xedira madridliklar jarima maydonçasiga yorib kirib qarovsiz qoldirilgan Mario Mandjukiçni töp bilan ta'minladi va hujumçi aniq zarba bilan töpni darvoza burçagiga yölladi. 37-daqiqada uşbu xorvatiyalik hujumçi Ştefan Lixtştaynerning uzatmasidan keyin dublni rasmiylaştirdi. Blez Matyudi ikkinçi bölim boşida Keylor Navasni doğda qoldirib, hisobni 3:0 körinişiga keltirdi.
Öyin ssenariysi qöşimça bölimlarga qarab ketayotgan vaqtda boş hakam Maykl Oliver katta sahnaga çiqdi. Öyinning asosiy vaqtiga qöşib berilgan 3 daqiqaning oxirgisida hakam turinliklar jarima maydonida fol qayd etib (Benatiya va Vaskes töp uçun kuraşgan vaziyatda) penalti belgiladi. Bu qarordan ğazabga kelgan Janluidji Buffon norozilik bildira boşladi va hakam unga qizil kartoçka körsatdi. Iguain örniga maydonga tuşib, darvozaga turgan Şçensni Kriştianu Ronalduning zarbasini qaytara olmadi - 1:3.
Turinda bir hafta muqaddam ötkazilgan birinçi uçraşuv «qaymoqranglilar»ning 3:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangandi. Şu tariqa, ikki uçraşuv natijasiga köra, turnir yarim finaliga «Real» yöl oldi.
Çempionlar ligasi
1/4 final
Javob öyinlari
Real – Yuventus 1:3 (0:2)
Gollar: 0:1 – 2 Mandjukiç, 0:2 – 37 Mandjukiç, 0:3 – 60 Matyuidi, 1:3 – 90, penalti Ronaldu.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Valexo, Isko, Kazemiro (Vaskes, 46), Kroos, Modriç (Kovaçiç, 75), Beyl (Asensio, 46), Ronaldu.
Yuventus – Buffon, Benatiya, Aleks Sandro, De Şilo (Lixtştayner, 17), Kellini, Pyaniç, Xedira, Matyuidi, Duglas Kosta, Mandjukiç, Iguain (Şçensni, 90).
Ogohlantirişlar: Pyaniç (17), Karvaxal (22), Mandjukiç (29), Lixtştayner (36), Aleks Sandro (67), Duglas Kosta (73), Marselo (81), Benatiya (90).
Çetlatiş: Buffon (90).
Birinçi öyin: 3:0













