AQŞ Suriyadagi fuqarolik uruşiga aralaşmoqçi emas, uning Suriyada bölişidan maqsad IŞID ustidan ğalaba qozonişdir, deb ma'lum qildi AQŞ mudofaa vaziri Jyeyms Mettis AQŞ kongressi vakillar palatasining qurolli işlar qömitasidagi jarayonda.

“Avvalgi va hozirgi ma'muriyat Suriyadagi maqsadimiz IŞID ustidan ğalaba qozonişligini aniq tuşuntirib qöydi, biz fuqarolik uruşiga aralaşmaymiz”, deb aytgan Pentagon rahbari kongressmenlar savollariga javoban.

Pentagon rahbari ötgan yil Suriyaga berilgan zarba kimyoviy hujumga javob bölganini aytgan. Mettis, şuningdek, Rossiyani Suriya rahbariyatini qöllab-quvvatlaşda va xalqaro hamjamiyatning Suriyadagi vaziyatni tartibga solişdagi sa'y-harakatlariga putur yetkazişda aybladi.  

“Biz uruşni BMT tomonidan taşkillaştirilgan Jyenevadagi muzokara jarayoni orqali töxtatişga sodiqmiz, biroq bunda muvaffaqiyatga erişib bölmaydi, çunki Rossiya bu sa'y-harakatlarga tösqinlik qilmoqda. Biroq bu bizning taslim bölişimizni anglatmaydi”, deb aytgan Mettis.