Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya g‘arb davlatlarining Suriyadagi harbiy amaliyotini maqtadi
Anqara AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan Suriyaga berilgan raketa zarbalarini maqtadi. Bu haqda Turkiya TIV bayonotida aytiladi.
"Suriyada AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan Dumada ro‘y bergan kimyoviy hujumga javoban amalga oshirilgan amaliyotni ma'qullaymiz. Dumadagi hujum Suriya rejimi tomonidan sodir etilgani haqiqatga yaqin. Ommaviy qirg‘in quroli, jumladan kimyoviy qurol qo‘llangan, - bu insoniyatga qarshi jinoyat. Xalqaro hamjamiyatning Suriya rejimi kimyoviy quroldan foydalanayotganiga ishonchi komil", - deyiladi bayonotda.
Hujjatga ko‘ra, "Suriya rejimiga qarshi bu amaliyot insoniylikning bir belgisi bo‘ldi".
"Suriya prezidenti Bashar Asad rejimi tomonidan yetti yildan beri davom etayotgan mojaro paytida insoniyatga qarshi sodir etilgan jinoyatlar va harbiy jinoyatlar ro‘yxati hammaga ma'lum. Butun jahon hamjamiyati, ayniqsa, BMT XK a'zolari kimyoviy qurol qo‘llanilishiga javob qadamlarini o‘zaro muvofiqlashtirib olishi kerak", - deyiladi Turkiya TIV bayonotida.
Hujjatda ta'kidlanishicha, "Turkiya bunday jinoyatlar jazosiz qolmasligiga ishonadi".
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026