15 aprelda Saudiya Arabistonining Dahron şahrida Suriyadagi vaziyatning keskinlaşuvi ortida Arab davlatlari ligasi sammiti bölib ötadi.
Uçraşuvda qirollikka ADLga kiruvçi köpçilik davlatlarning rahbarlari kelişi kutilmoqda. Uçraşuvda odatga köra, Yaqin Şarqdagi eng dolzarb muammolar, jumladan Liviya, Yaman va Falastin hududlaridagi vaziyat muhokama qilinadigan asosiy mavzular böladi. Şuningdek, yiğilişda alohida e'tibor Suriyaga AQŞ, Britaniya va Fransiya qurolli kuçlarining zarbasidan keyingi vaziyatga qaratiladi.
Arab davlatlari örtasida uşbu hujum borasida fikrlar keskin farqlangan: zarbalar berilişini Qatar, Saudiya Arabistoni hamda Fors körfazi arab davlatlari hamkorlik kengaşining boşqa a'zolari qöllab-quvvatlagan. Livan, Jazoir va Iroq esa bu hujumlarga qarşi çiqqan.
Suriyadagi vaziyatning keskinlaşuvi yuzasidan ADL boş kotibi Ahmad Abul Ğayt taşviş bildirgan. Uning aytişiça, vaziyatning yomonlaşuviga Suriyadagi mojaroga aloqador davlatlar javobgardir.
Arab davlatlari ligasi 22 ta davlatni birlaştiradi, uning boş qarorgohi Qohirada joylaşgan.














