2017 yilda Rossiyadan MDH davlatlariga 12 milliard 906 million AQŞ dollari miqdori pul jönatmalari ötkazilgan. An'anaga köra, Özbekiston bu borada yana yetakçi bölgan. Bu haqda Rossiya Markaziy banki ma'lumotlariga asoslanib, Migrant.news.tj infografika tayyorlagan.

Foto: Kun.uz

Özbekiston mablağlar pul ötkaziş tizimlari orqali ötkaziladigan mamlakatlar içra yetakçilikni qator yillardan beri bermay kelayotir — ötgan yili mamlakatimizga Rossiyadan qariyb 4 milliard dollar pul jönatişgan.

Ikkinçi örinda Tojikiston — 2,5 milliard dollar. Tojikistonga jönatilgan pulning miqdori 2016 yilga soliştirilganda 600 million dollarga oşgan.