Özbekiston hukumati bundan buyon majburiy mehnat bilan boğliq har bir holatni «favqulodda hodisa» sifatida körib çiqadi. Bu haqda Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov raisligida 17 aprel kuni ötkazilgan «Hududlarda dala va tozalaş-obodonlaştiriş işlariga tibbiyot va ta'lim muassasalari xodimlari, talabalar va ijtimoiy soha vakillarini jalb qilişni taqiqlaş va uşbu holatlarga yöl qöygan barça darajadagi hokimlar va rahbarlarning şaxsiy mas'uliyat va javobgarligini oşirişga qaratilgan çoralarni belgilaş» masalasiga bağişlangan yiğilişida ma'lum qildi.
Boş vazirning ta'kidlaşiça, hududlardagi rahbarlarning ta'lim va tibbiyot xodimlarini öz sohasiga taalluqli bölmagan işlarga jalb etişi, közböyamaçiliklarga yöl qöyişi holatlari mamlakatda prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan siyosatga ziyon yetkazmoqda.
Boş vazir prezidentning viloyatlarga taşriflari arafasida ta'lim, tibbiyot xodimlarini obodonlaştiriş işlariga jalb etiş barça hududlarda avj olganini qayd etib ötgan.
«Hukumatga alohida topşiriq berildi: har bir şunday holat endi favqulodda hodisa sifatida körib çiqiladi», — deya boş vazirning sözlarini keltirgan KUN.UZ muxbiri.
Boş vazir öqituvçi va şifokorlarni jamoat işlariga majburan jalb etgan rahbarlar va amaldorlarning işi yuzasidan prokuratura va boşqa organ xodimlari iştirokida alohida nazorat örnatilişini, prezidentning maxsus topşiriğiga köra, endilikda majburiy mehnat masalasi favqulodda holat sifatida yuqoridagi taşkilotlar bilan birgalikda alohida körib çiqilişini ta'kidlab ötgan.










