Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taşabbusi bilan 17 aprel kuni boş vazir Abdulla Aripov raisligida jamoat işlariga majburiy jalb qilişni taqiqlaş, bu borada rahbarlar mas'uliyatini oşirişga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi. Unda vazirlik va idoralar rahbarlari, viloyat hokimlari, şuningdek, davlat va nodavlat ommaviy axborot vositalari, internet-naşrlarning muxbirlari iştirok etdi.
Yiğilişda boş vazir kun tartibidagi asosiy masala böyiça har bir viloyat rahbarining axborotlarini tinglab, qabul qildi.
Yiğilişda ötgan oyda Samarqand viloyatining Kattaqörğon tumanida öqituvçilar köça tozalaş işlariga olib çiqilgani va yoş öqituvçi ayol Diana Yenikeyeva şu iş jarayonida halok bölgani eslandi. Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jörayevga söz berilganida, u uşbu holat uçun Özbekiston prezidentidan uzr sörab, bundan keyin ijtimoiy soha xodimlari majburiy mehnatga jalb etilmasligiga söz berdi.
Assalomu alaykum, hurmatli Abdulla Niğmatoviç! Töğri ta'kidlab ötdingiz, ijtimoiy soha vakillarini majburiy mehnatga jalb qiliş borasida viloyatda yöl qöyilgan kamçiliklar haqidagi sözlar haqiqatan ham örinli. Biz muhtaram Yurtboşimiz Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev rahbarligida 13 aprel kuni Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida ötkazilgan viloyat faollar yiğilişini diqqat bilan kördik. Yiğilişda muhtaram yurtboşimiz tomonidan odamlarni, ayniqsa, ijtimoiy soha vakillarini, öquvçi va talabalarni majburiy ravişda obodonlaştiriş işlariga olib çiqişni qattiq qoraladilar. Oçiğini aytadigan bölsak, bu men tomondan yöl qöyilgan kamçilik. Ya'ni, biz nazorat qilolmadik, lekin ijtimoiy soha vakillarini obodonlaştiriş işlariga olib çiqmaslik töğrisida yiğilişlarda bir neça bor aytganmiz, özi ötgan yildan boşlab turib bularning birortasi na dala işlariga, na paxta yiğim-terimiga jalb qilinyapti.
Lekin şunga qaramay, Kattaqörğon tumanida bölib ötgan hodisa hammamizni, viloyatdagi barçani, yetti yoşdan yetmiş yoşgaça bölgan barça fuqarolarni qattiq bir qayğuga solgan. Endi, biz bu holatni öşa kunning özida örganib, içiga kirganimizda, haqiqatan ham 13 mart kuni tumanda yiğiliş qilinib, u yerda barça tuman korxonalari rahbarlari iştirokida Navrözoldi umumxalq haşariga jalb qilingan.
Şundan keyin Kattaqörğon tumani xalq ta'limi bölimi mudiri barça maktablarning direktorlarini yiğib, ularni köça tozalaş işlariga safarbar qilgan. Diana Yenikeyeva işlaydigan maktab öqituvçilari özlari işlaydigan maktabdan uzoqdagi M-37 yöliga olib çiqilgan va öşa yerda Diana Aleksandrovna Yenikeyevani «KamAZ» maşinasi urib ketib, u şifoxonada olamdan ötgan.
Endi bundan keyin biz yöl qöyilgan xatoni qayta-qayta muhokama qilib, bugungi kunda çoralar kördik. Lekin bu körgan çoralarimiz u odamni qaytarib bermaydi. Buni hammamiz töğri tuşunganmiz. Bundan keyin bir neça marotaba şu masala böyiça tuşuntirişlar berdik.










